Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

4132025-07-23 19:13

Rovon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

So‘x tuman hokimining nazorat rejasiga muvofiq, hududlarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni joyida hal etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Shu asosda, bugun tuman hokimining o‘rinbosarlari Sodiqjon Murzoev va Ilhomjon Abdumajidov tomonidan navbatdagi sayyor qabul Rovon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etildi. Qabul tadbiri mazkur mahallada joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabi binosida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabul davomida mahallada yashovchi fuqarolar turli yo‘nalishlardagi muammolari bilan mas’ul rahbarlarga murojaat qilishdi. Qabulda ayniqsa ichimlik va sug‘orish suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat diqqat bilan eshitildi va ularning aksariyati joyida hal etildi. Vaqt va tahlil talab etuvchi masalalar esa nazoratga olinib, mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday sayyor qabullar: aholi muammolarini joyida hal etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada jonlantirish, va xalq bilan muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📝 So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz