452025-06-27 16:20
MAKTAB BITIRUVCHILARIGA MEDAL, TAVSIYANOMA VA TASHAKKURNOMALAR TOPSHIRILDI







Qo‘shtepa tumani hokimligining yig‘ilishlar zalida bu yil umumiy o‘rta ta’lim maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimligi, mudofa bo‘limi va MMT bo‘limi mas’ullari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida bu yil umumiy o‘rta ta’lim maktabini o‘z xulqi va bilimi bilan boshqalarga na’muna bo‘lib tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shtepa tumanidagi 49 ta umumta’lim maktablarini 2024-2025 o‘quv yilida 2606 nafar o‘quvchilar tamomlashmoqda. Ulardan 18 nafari oltin va 5 nafari kumush medallariga sazovor bo‘ldilar.
Marosimda tuman hokimining o‘rinbosari A.Yusupov ishtirokida maktab bitiruvchilariga medal, tashakurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, “Vatan tayanchi” otryadi a’zolarining 18 nafariga oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun Mudofa vazirligi tomonidan ajratilgan 5 foizlik tavsiyanomalar ham topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
262025-06-28 18:50

442025-06-27 16:56

502025-06-27 15:16

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot – sayyor qabul o‘tkazildi
542025-06-27 15:03