Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

512025-06-27 15:03

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot – sayyor qabul o‘tkazildi

Qo‘shtepa tumanidagi madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda tuman hokimi A.Abdullayev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Sh.O‘rmonov, departament tuman bo‘limi boshlig‘i F.Valiqo‘ziyev, shuningdek, mahalla mas’ullari, tijorat banklari va boshqa daxldor muassasalar mutasaddilari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida ishtirok etgan 50 nafardan ziyod tadbirkorlar tomonidan bank kredit mablag‘lari olish, yer ajratish va boshqa turli yo‘nalishlarda muammo va takliflar hamda ularning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. Bildirilgan muammolar tegishli mas’ullar hamda tijorat banklarini jalb etgan holda o‘rganildi. Muddat talab qilgan masalalar yuzasidan qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz