Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1442025-06-24 15:02

Aholini biznesga jalb qilish bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining MUROJAATI

ASSALOMU ALAYKUM, TUMANDOShLAR! Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yil 12-avgust kungi Buxoro viloyati misolida o‘tkazilgan selektor yig‘ilish yakunlarida qilingan ma‘ruzalari va berilgan topshiriqlari asosida Farg‘ona tumanida tomorqadan samarali foydalanish, mahallarda sanoat binolarini tashkil etish hamda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida “drayver” loyiha ishga tushirish orqali aholi bandligini ta‘minlash va daromadini oshirish borasida “Sayhunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tumanlari” tajribasi asosida ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan: -“Sayxunobod” tajribasi bo‘yicha 73 ta mahallada 40 tadan jami 2920 ta mikroloyihani amalga oshirish hamda buning hisobiga 5840 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi begilab olingan. Joriy yilning yanvarь-may oylarida davomida 1182 ta mikroloyihani ishga tushirish belgilangan bo‘lib, amalda 1239 ta mikroloyihalar tashkil etilib, 2502 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi - Uychi tajribasi asosida tumanda 2025-yilda banklar tomonidan 72 ta uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan. Joriy yilning yanvarь-may oylarida jami 31 ta uchrashuvlar o‘tkazilishi natijasida 134 nafar aholi bandligi ta‘minlandi. - “Zarbdor” tajriba asosida drayver loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha joriy yilda umumiy qiymati 111,6 mlrd.so‘mlik (shundan 96,4 mlrd.so‘m tashabbuskorlar mablag‘lari, 2,5 mlrd.so‘m tijorat banki kreditlari, 1 mln. dollar xorijiy investisiya va kreditlari, 2,8 mlrd.so‘m byudjet mablag‘lari) jami 5 ta (1 ta sanoat, 4 ta xizmat ko‘rsatish) loyihalar shakllantirilgan. Ushbu loyihalarni birinchi bosqichida 2 ta loyihalar tanlab olinib, ularning infratuzilmasi uchun ajratiladigan 2,4 mlrd. so‘m mablag‘lar bo‘yicha ob‘ektlarning manzilli dasturi shakllantirildi. - G‘ijduvon tajribasi asosida tumanda joriy yilda 9 ta mahallada loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur mahallalarda 205 ta ish o‘rinlar yaratuvchi 9 ta loyiha shakillantirilgan. Hozirda ushbu shakllantirilgan loyihalardan 3 tasi (Avto Car chevrolet MChJ, "Log‘on nur Saxovat" MChJ, YaTT Sotvoldieva Dilafro‘z) ishga tushirilib, 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Qolgan loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib borilmoqda. Bundan tashqari aholi bandligini ta‘minlash va ishsizlik darajasini kamaytirish bo‘yicha 2025-yilda 30,2 ming nafar ishsiz fuqarolarni bandligini ta‘minlash orqali, ishsizlik darajasini 5,4 foizga etkazish rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvarь-may oylari yakuni bilan ushbu investisiya, qishloq xo‘jaligi va qurilish bo‘limlari hamda tijorat banklarining ko‘maklari asosida jami 13136 nafar aholi bandligi (115.5%) ta‘minlandi. Hususan, investisiya loyihalarni ishga tushirish hisobiga 2897 ta, tijorat banklari tomonidan aholini doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish va tadbirkorlikka jalb qilish hisobiga 7153 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 4440 ta hamda qurilish sohasida aholini doimiy va vaqtinchalik ishlarda band qilish hisobiga 678 ta ish o‘rinlari yaratildi Shuningdek, tadbirkorlik dasturlari doirasida joriy yilning yanvarь-may oylari davomida dasturlar doirasida 1509 ta talabgorlarga 43,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, 2,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, “Kichik biznesni uzlyuksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi bo‘yicha 69 ta talabgorlarga 8,1 mlrd. so‘m, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi” doirasida 561 ta talabgorlarga 8,0 mlrd. so‘m, “Biznesga birinchi qadam” kredit doirasida 290 ta holatda 6,2 mlrd. so‘m, “Mahalla” loyiha dasturi doirasida 582 ta talabgorlarga 20,8 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Shu bilan birga yanvarь-may oylarida davomida tumandagi ishsiz 566 nafar fuqarolarni (shundan 361 nafari ayollar, 141 nafari yoshlar) mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb xunarga o‘qitishga jalb etildi hamda joriy yilning 5 oyi davomida 7100 nafardan ortiq fuqarolarni o‘zini-o‘zi band qilishga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz