372025-06-19 14:08
🎯 Ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda








O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ–103-sonli qaroriga asosan, Qo‘shtepa tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash yo‘nalishida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
📊 Maqsadli ko‘rsatkich: 2025-yil davomida jami 10 589 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash belgilangan.
🛠 Amalga oshirilgan ishlar:
2025-yilning yanvar–may oylarida:
9 642 nafar xotin-qiz kasb-hunar, tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlikka o‘qitildi;
Ko‘plab ayollar o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bank kreditlari asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi;
O‘quv jarayonlari yakunida ularning bandligi ta’minlandi.
🌿 Yangi tashabbuslar doirasida:
“Tadbirkor ayol” o‘quv markazi bilan hamkorlikda do‘ppido‘zlik va asalarichilik yo‘nalishlarida maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
📍 Xususan, tumanning Loyson mahallasida O‘zbekiston Asalarichilar uyushmasi a’zosi N. Xoshimov tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand 35 nafar xotin-qizga asalarichilik sohasi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
📜 Natijada, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ayollarga sertifikatlar topshirilmoqda va ularning ushbu yo‘nalishlarda bandligi ta’minlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Qo‘shtepa tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi
842025-06-18 16:03

Qo‘shtepa tumanida “Kashtalar jilosi” nomli ko‘rgazma-festivali bo‘lib o‘tdi
1342025-06-17 16:32

🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
1302025-06-17 11:54