602025-06-20 18:05
“Barkamol avlod” bolalari festivali doirasida xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi








Tumanimizda “Barkamol avlod” bolalari festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A.Yusupov ishtirok etdi va yoshlarni bayram bilan tabrikladi.
Festival doirasida muhim lahzalardan biri sifatida, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilgan “Genius Foundation School – 2025” xalqaro tanlovida faxrli I, II va III o‘rinlarni egallagan iqtidorli o‘quvchilar alohida e’tirof etildi. Tuman hokimi o‘rinbosari A.Yusupov tomonidan ushbu g‘oliblarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, festival davomida iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari bilan boyitilgan madaniy dastur namoyish etildi. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi va yoshlarning san’at hamda ijodga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So'xlik fuqarolarimiz muborak haj ziyoratini ado etib keldilar
652025-06-20 20:17


Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi qabuli o'tkazildi
742025-06-20 20:13

862025-06-20 20:11

1242025-06-19 18:10

Fuqarolarimiz yerdan samarali foydalanishmoqda
1322025-06-19 18:09