Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

742025-06-20 20:17

So'xlik fuqarolarimiz muborak haj ziyoratini ado etib keldilar

Har bir musulmon banda umrida Haj ziyoratini ado qilishni albatta orzu qiladi. Fuqarolarimizning bunday ezgu niyat va orzulari bugun davlatimiz rahbari e'tibori asosida ushalmoqda. Bu albatta, inson qadri ulug'ligi va fuqarolarimiz manfaati yuksakligidan dalolatdir. Insonga bo'lgan yuksak e'tibor bugun orzular ruyobining asosiy omili bo'lib xizmat qilayotir. Bugun, 2025 yilning 20 may, juma kuni So'x tumanidan muborak haj safariga borgan 44 nafar baxtli yurtdoshlarimiz haj amallarini ado etib, tumanga qaytdilar. Tuman hokimligi binosi oldida hojilarimizni tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi guruh munosib kutib olishdi. Haj safaridan qaytgan fuqarolarimizni ularning oila a'zolari va yaqinlari gul va guldastalar bilan qarshi olishdi. Bu yil ta'kidlaganimizdek, So'x tumanidan 44 nafar yurtdoshimiz bu baxtga muyassar bo'lishdi. Kutib olish chog'ida hojilar qo'llarini duoga ochib, ushbu kunlarga yetkazganiga shukronalar qilib, tinchlik va totuvligmiz barqarorligi, Vatanimizning ertangi kuni va kelajagi porloq bo'lishini tilab hamda shu sharoitlarni yaratib bergan davlatimiz rahbariga minnatdorchilik izhor etib, duolar qilishdi. Muborak haj safaridan qaytgan barcha vatandoshlarimizni ushbu unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etamiz. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz