1152025-06-23 15:52
Qo‘rg‘onchaliklarning ham tuman hokimiga bildirgan ommaviy murojaati qanoatlantirildi: mahallaga yangi transformator o‘rnatildi




O‘zbekiston tumanidagi “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi vakillarining hududda elektr ta’minotini yaxshilash borasida amaliy yordam so‘rab tuman hokimiga qilgan murojaati ham ijobiy qanoatlantirildi.
Murojaatga asosan hokimlik ko‘magida mahallaga 160 kVa quvvatli yangi transformator keltirilib, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan o‘rnatildi.
Yangi transformator hududdagi mavjud 3 ta transformator yuklamalarini yengillatishga xizmat qilib, uning to‘liq ishga tushirilishi natijasida 120 ga yaqin xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi.
Hududlarda aholi murojaatlari ijrosi yuzasidan manzilli tadbirlar davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


🕋 Qo‘shtepalik ziyoratchilar Haj safaridan qaytdilar
4012025-06-20 01:09

🎯 Ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
4162025-06-19 14:08



Qo‘shtepa tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi
4682025-06-18 16:03