222025-06-21 15:46
Tibbiy ko‘rik tashkil etildi.








Dang‘ara tumani Taypoq MFYda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassislar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi, jumladan, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarning davolanishlari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida ma’lumot va tavsiyalar berildi.
Ehtiyojmand oilalar vakillari, xotin-qizlar va bolalar jarrohi, ginekolog, pediatr, oftolmolog, nevrapatolog, kardiolog, endokrinolog tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolarga zarur tavsiyalar berildi, kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar va bolalarga bepul davolanishlari uchun yo‘llanmalar olishda ko‘maklashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


🕋 Qo‘shtepalik ziyoratchilar Haj safaridan qaytdilar
1382025-06-20 01:09

🎯 Ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
1642025-06-19 14:08



Qo‘shtepa tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi
2242025-06-18 16:03