1422025-06-18 18:00
“Kitobxon hamshira” tanlovi tashkil etildi.








Dang'ara tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida “Kitobxon hamshira” tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan hamshiralar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning tahliliy fikrlash salohiyati, o‘zbek tilida aniq, mantiqli fikr bildira olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Dang‘ara axborot kutubxona markazida tashkil etilgan tanlov jarayonini kuzatish va baholash maqsadida Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova Abdullayevna hamda Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi Farhodjon Mamajonov Xabibullayevichlar ishtirok etib, tanlovning tashkil etilishi, ishtirokchilarning saviyasi, til va nutq madaniyatiga bo‘lgan e’tiborini tahlil qilib, jarayonni baholadilar.
Tanlovda ishtirokchilar o‘qigan asarlari asosida tayyorlagan chiqishlari, tezkor savol- javoblari orqali o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyish etdilar. Ularning badiiy tafakkuri, asarni tahlil qilish qobiliyati, nutq madaniyati va til boyligidan foydalanish darajasi asosida baholash ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hamshiralarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


🕋 Qo‘shtepalik ziyoratchilar Haj safaridan qaytdilar
1422025-06-20 01:09

🎯 Ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
1682025-06-19 14:08



Qo‘shtepa tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi
2282025-06-18 16:03