Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

422025-06-17 17:33

Xalq deputatlari Dang‘ara tumani Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Tojixakimov ochdi va olib bordi. 2026-2028 yillarda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash hamda Dang‘ara tumanida 2025-yil jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Salimov Toxirjon Sotvoldiyevich ma’lumot berib o‘tdi. Tumanda yoshlar muammolarini tizimli hal etish hamda bandligini ta’minlash borasida 2025 yilning may oyida hokim va yoshlar uchrashuvlarini o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Urinova Shaxnozaxon Egamberdiyevna xisobot berib o‘tdi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Aliyev Azizbek Azamjonovich tumanda ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish borasida 2025 yilning 5 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Davlat Kadastrlar palatasi Dang‘ara filiali raxbari Isanboyev Maqsudjon Murodovich o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida xisobot berib o‘tdi. Shuningdek, “Ayollar daftari” 6-bosqichida amalga oshirilgan ishlar hamda “Ayollar daftari”ga yangi nomzodlarni kiritish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Azizova Madinaxon Anvarovna ma’lumoti eshitildi. “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq, Dang‘ara tumani hududidagi qabriston va ziyortgohlar nomini davlat reyestiriga kiritish to‘g‘risida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha xokim maslaxatchisi Irismatova Sanobarxon Isroilovna ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilib sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz