Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

192025-05-08 16:39

“Besh tashabbus olimpiadasi”

Dang‘ara tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Gandbol musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Dang‘ara sport maktabida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu musobaqalar mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning sport sohasidagi iqtidorini yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidlandi. Qiziqarli bahslar asosida o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra: Qizlar o‘rtasida uchinchi o‘ringa Qo‘shtepa tumani, ikkinchi o‘ringa Uchkuprik tumani yoshlari sazovor bo‘ldi. Birinchi o‘rinni Quvasoy tumani yoshlari egallashdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida uchinchi o‘ringa Quvasoy tumani, ikkinchi o‘ringa Uchkuprik tumani yoshlari sazovor bo‘ldi. Birinchi o‘rinni Qo‘shtepa tumani yoshlari qo‘lga kiritishdi. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz