Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

322025-05-06 16:34

To‘da mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi saylovi uyushqoqlik bilan bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mamlakatimizda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarini saylash jarayoni rasman boshlab yuborildi. Rishton tumanida ham ushbu siyosiy jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Bugun To‘da mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi saylovi yuqori uyushqoqlik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Saylovda mahalla fuqarolari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar hamda birinchi marta ovoz berayotgan saylovchilar faol ishtirok etdilar. Tadbir avvalida ishtirokchilarga mazkur siyosiy jarayonning ahamiyati, fuqarolarning jamiyat hayotidagi ishtiroki va demokratik qadriyatlar haqida ma’lumot berildi. Mazkur mahalladan uch nafar nomzod raislikka ko‘rsatildi. Rasmiy qismlar yakunlangach, ovoz berish jarayoni boshlandi. Saylovchilar orasidan tanlab olingan sanoq komissiyasi ishtirokida byulletenlar sanab chiqildi. Saylov natijalariga ko‘ra, amaldagi rais Baxtiyorjon Ahrorqulov eng ko‘p ovoz to‘plab, navbatdagi besh yilga yana mahalla raisi etib saylandi. Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz