112025-05-08 15:53
Qo‘shtepa tumanida xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi








Xotira bor ekan, millat barhayot!
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Quvurboshi mahallasidagi "Xotira maydoni"da bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev va mas’ul idoralarning rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va harbiylar, jamoat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, frontorti va mehnat faxriylari, afg‘on urushi ishtirokchilari, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan tumandoshlarimiz hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Xotira maydonidagi yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan hamyurtlarimiz xotirlanib, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.
Xotira va qadrlash kuni tadbirlari tumanimizdagi barcha mahallalarda, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida ko‘tarinki ruhda davom etib, nuroniy keksalar yo‘qlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida pilla terimiga kirishildi
92025-05-08 18:34

Keksalarga hurmat yoshlarga ibrat
102025-05-08 18:15

MAHALLA KUTUBXONASI TASHKIL ETILDI
112025-05-08 17:53
