Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

82025-05-08 19:45

Rishton tumanida yangi huquq-tartibot maskani ish boshladi

Rishton tumanida jamoat tartibini ta'minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida zamonaviy talablar asosida qurilgan yangi huquq-tartibot maskani faoliyat boshladi. Bugun ushbu maskanning ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov, tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman rahbariyati, mahalla profilaktika inspektorlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar. Yangi maskan faoliyati tufayli tumanda profilaktik tadbirlar samaradorligi oshishi, aholi bilan ishlash sifati yangi bosqichga ko‘tarilishi ta’kidlandi. Yangi bino zamonaviy ish sharoitlari, texnik vositalar va zarur infratuzilma bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda fuqarolarning murojaatlari bilan tezkor va samarali ishlash imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Tadbir yakunida ishtirokchilar yangi huquq-tartibot maskani faoliyatiga omad tilab, uning tuman taraqqiyoti va aholining osoyishtaligini ta’minlashda muhim o‘rin egallashini ta’kidladilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz