922025-05-02 15:28
Xalq ishongan nomzod mahallaga rais bo‘ldi







Barcha joylarda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining navbatdagi saylovlari o‘tkazilmoqda.
“Soybo‘yi” mahallasidagi saylov ochiq va shaffof muhitda, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Nomzodlar o‘z dasturlari bilan ishtirok etib, fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Ovoz berishda barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Jarayonlar mahalla aholisi guvohligida adolatli va xolis tarzda amalga oshirildi. Eng ko‘p ovoz bilan To‘lqinjon Hakimov mahalla raisi etib saylandi.
Tumanda hozirgi kunda 51 ta MFY faoliyat yuritmoqda. Belgilangan grafikka asosan barcha mahallalarda saylov davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

32025-05-05 11:45

Bankdan olingan kredit 25 yillik ish uslubini o‘zgartirdi
32025-05-05 11:22

162025-05-05 09:01

Live: Xorijlik investorlar hokim qabulida
582025-05-03 12:12

602025-05-03 10:15