1082025-04-16 08:10
“Prokuror kubogi” uchun kurash musobaqasining mahalla bosqichiga start berildi




Qo‘shtepa tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Prokuror kubogi” uchun kurash musobaqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkillangan tuman prokurori kubogi uchun bahslarida 17-30 yosh vakillari bellashdilar.
Musobaqaning ochilish marosimida tuman prokurori A.Xudoyberganov qatnashib, ishtirokchilarga omad tiladi. Yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishga qaratilayotgan e’tibor xususida alohida to‘xtalib, ishtirokchilarni bugungi sport bayrami bilan tabrikladi.
Musobaqa yakunida tuman bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, navbatdagi bosqichda “Viloyat prokurori kubogi” uchun gilamga chiqish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

22025-05-05 09:01

Live: Xorijlik investorlar hokim qabulida
512025-05-03 12:12

522025-05-03 10:15

Xalq ishongan nomzod mahallaga rais bo‘ldi
862025-05-02 15:28