Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1902025-04-10 00:23

Ta‘limda korrupsiyaga qarshi kurash – vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishning muhim omili

Farg‘ona tumani "Oqbilol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 56-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Ta‘lim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish – vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdir” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda maktab jamoasi, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda ta‘lim muassasalari, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning faolligi katta ahamiyat kasb etishi alohida ta‘kidlandi. Targ‘ibot tadbirida Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari va uni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr bildirdi. Deputat, ayniqsa, yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish orqali sog‘lom jamiyat barpo etish mumkinligini ta‘kidladi. Mazkur tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, mavzu yuzasidan ochiq fikr almashildi. Shuningdek, maktab va maktabgacha ta‘lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlari muntazam davom ettirilayotgani aytib o‘tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz