Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

232025-08-15 17:50

Qo‘shtepa tumanida kuzgi ekin ekish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Qo‘shtepa tumanida 2026 yil hosili uchun dehqon xo‘jaliklari va bog‘-tok qator oralariga “avgust piyozi” va “to‘qsonbosti” ekinlarni ekishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. “Mahmud Ilhom” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarda tuman hokimi A.Abdullayev viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i J.Jumanov, hokim o‘rinbosarlari, tijorat banklari hamda mas’ul idoralarning rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, dehqon xo‘jaliklari, bog‘dorchilik va uzumchilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari vakillari ishtirok etdi. Seminarda dehqon xo‘jaliklari va bog‘-tok qator oralari va aholiga ijaraga berilgan yer maydonlaridan unumli foydalanish hamda yuqori daromadli mahsulot yetishtirish, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida to‘qsonbosti ekinlari ekishning afzalliklari bo‘yicha tushunchalar berildi. Qayd etilishicha, tumanda 361 gektar maydonga to‘qsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz va boshqa ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2097499602957650.jpg

Jarayon

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2097408699653005.jpg

Tanishtiruv

Boshqa yangiliklar