262025-08-15 08:49
Jarayon




Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev “Nurafshon” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “GLOBAL TEXTILE INFINITY” MCHJda bo‘ldi.
Tuman rahbari uchrashuv davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish imkoniyatlarining tahlili bilan tanishdi.
Hozirgi kunda korxonada 1500 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Ular zamonaviy uskunalarda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlash va qadoqlash bilan shug‘ullanadi.
Mahsulotlar mahalliy bozor bilan bir qatorda xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Tashrif davomida tuman hokimi korxona rahbariyatiga ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish, eksport ulushini oshirish hamda mahalliy aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tavsiya va takliflar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Xorijlik investorlar hokim qabulida
272025-08-15 10:09

372025-08-14 11:42

Mustaqillikning 34 yilligi oldidan
462025-08-14 08:58

INNOVATIVE APPAREL: 1200 nafar xotin-qiz uchun yangi ish o‘rni
422025-08-14 08:36