832025-08-08 22:56
Qo‘shtepa tumanida viloyat hokimligining tadbirkorlar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi








Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida Farg‘ona viloyati hokimligining tadbirkorlar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabulda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Novikov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes ombudsman devoni bosh inspektori M.Po‘latov hamda viloyatdagi mas’ul idoralarning rahbarlari hamda tuman hokimi A.Abdullayev ishtirok etdilar.
Sayyor qabulda tumanning turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari o‘z loyihalari, amaliy muammolari va takliflari bilan ishtirok etishdi. Muloqot jarayonida tadbirkorlar yer ajratish, infratuzilma bilan ta’minlash, kredit olish, ruxsat berish hujjatlari va boshqa qator masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.
Qabul yakunida har bir murojaat bo‘yicha mas’ul idora va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi doimiy nazoratga olindi.
Tadbirkorlar bunday ochiq muloqot va samarali yechimlar uchun minnatdorlik izhor etib, kelgusida tuman iqtisodiyotini rivojlantirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

42025-08-13 15:02

“Farg‘ona” telekanali xodimlari – Qo‘shtepa tumanida
52025-08-13 14:36


Tuman hokimi Qoraqushchi mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
52025-08-13 11:19

Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
212025-08-12 16:26

O‘tgan 6 oyda Qo‘shtepa tumanida doimiy aholi soni 2,4 % ga o‘sdi
242025-08-12 09:05