272025-06-30 10:18
SPORT — DO‘STLIK VA HAMJIHATLIK ELCHISI: TOSHLOQDA VOLEYBOL BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI



Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida yurtimizda turli sport tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Prezidentning "Besh tashabbus" doirasida sport turlarini ommalashtirishga qaratilgan ishlar yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Shu yo‘nalishdagi tashabbuslardan biri sifatida, joriy yil may oyida Toshloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kubogi uchun voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bellashuvda tuman hududidagi turli tashkilotlar va muassasalarning jamoalari ishtirok etib, sport mahoratlarini namoyon qilishdi.
Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar Ichki ishlar organlari tomonidan diplomlar, esdalik sovg‘alari va kuboklar bilan taqdirlandi.
Bu kabi sport tadbirlari nafaqat yoshlarni sog‘lom hayotga undaydi, balki jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, vatanparvarlik tuyg‘ularini oshiradi hamda jismoniy tarbiyani ommalashtirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
372025-07-01 11:08

Faol yoshlar rag‘batlantirildi
522025-06-30 16:43

Qo‘shtepa tumanida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi
512025-06-30 16:22

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
1162025-06-28 18:50

1282025-06-27 16:56

MAKTAB BITIRUVCHILARIGA MEDAL, TAVSIYANOMA VA TASHAKKURNOMALAR TOPSHIRILDI
1282025-06-27 16:20