2542025-06-20 21:25
Quva tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi










Bugun tuman hokimligida Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, sessiya kun tartibiga daxldor bo‘lgan bo‘lim, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan qabul qilingan qator muhim hujjatlar ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas‘ullarning hisobotlari tinglandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-440-son, 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qarorlarining tumandagi ijrosi, shuningdek tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tuman yoshlarining muammolarini o‘rganish va hal etish, ularning bandligini ta‘minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va boshqa bir qator masalalar yuzasidan mas‘ul rahbarlar axborot berdi.
Sessiya davomida mas‘ul rahbarlar tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma‘lumotlar taqdim etildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Yig‘ilish so‘ngida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda ijrosini ta‘minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
192025-07-01 11:08

Faol yoshlar rag‘batlantirildi
332025-06-30 16:43

Qo‘shtepa tumanida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi
332025-06-30 16:22

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
992025-06-28 18:50

1082025-06-27 16:56

MAKTAB BITIRUVCHILARIGA MEDAL, TAVSIYANOMA VA TASHAKKURNOMALAR TOPSHIRILDI
1102025-06-27 16:20