2822025-06-18 09:53
Tuman hokimi ish kunini xalq bilan muloqotdan boshladi





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlar holati va aholini qiynayotgan masalalar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Prezident tomonidan xalq bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish va hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlar, jumladan, tuman va shahar hokimlariga aniq vazifalar yuklatildi. Xususan, endilikda Xalq qabulxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman hokimlari rahbarlik qilishi, ular murojaatlar bilan ishlashga shaxsan mas‘ul ekani ta‘kidlandi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta‘minlash maqsadida Quva tumani hokimi Xalimjon Umarov bugungi ish kunini tuman Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini o‘rganishdan boshladi. Qabul davomida hokim tomonidan fuqarolarning turli sohalardagi muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi.
Yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, ish bilan ta‘minlash, ta‘lim va sog‘liqni saqlash sohalariga oid ko‘plab masalalar joyida o‘rganilib, mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas‘ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
212025-07-01 11:08

Faol yoshlar rag‘batlantirildi
362025-06-30 16:43

Qo‘shtepa tumanida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi
362025-06-30 16:22

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
1022025-06-28 18:50

1112025-06-27 16:56

MAKTAB BITIRUVCHILARIGA MEDAL, TAVSIYANOMA VA TASHAKKURNOMALAR TOPSHIRILDI
1122025-06-27 16:20