Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2712025-05-16 14:58

Qo‘shtepada 3,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan zamonaviy chim ustida xokkey majmuasi foydalanishga topshirildi

Qo‘shtepa tumanining “Shomirza” mahallasida 3,5 million so‘m mablag‘ sarflanib, zamonaviy talablar darajasidagi chim ustida xokkey majmuasi qurilib foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Polvonov, Sport boshqarmasi boshlig‘i N.Hakimov, tuman hokimi A.Abdullayev va mas’ul idoralarning rahbarlari, shuningdek tuman jamoatchiligi, nuroniylar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar. Marosimda so‘z olganlar yurtboshimiz rahnamoliklarida yoshlarga berilayotgan e’tibor, xususan, sport sohasida yaratilayotgan sharoitlarga to‘xtalib, bunga javoban qo‘shtepalik yoshlar orasidan ham jahon, olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonch bildirildi. Majmua zamonaviy standartlarga javob beradigan maydon, kiyinish xonalari, tomoshabinlar uchun qulay sharoitlar va boshqa zarur infratuzilmalarga ega. Ramziy lenta qirqilib, ishtirokchilar bu yerda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek tadbir davomida U-18 qizlar o‘rtasida chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Zarnigor” jamoasi a’zolari va murabbiylariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Ochilish marosimidan so‘ng yoshlar (o‘g‘il bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz