202025-05-08 17:32
9 may – Xotira va qadrlash kuni








Dang‘ara tumani 27- sonli Musiqa va San’at maktabida 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Inson qadri ulug‘ — xotira muqaddas” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda xalqimizning tarix sahifalariga o‘chmas harflar bilan bitilgan urush va mehnat faxriylarining jasorati, mardlik va matonati, mehr-muruvvati va yuksak ma’naviyati, chekkan zahmatli mehnatlari oldida ta’zim qilish, bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalar qilish, mustaqillikdek aziz ne’matning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘imizdek asrab-avaylash lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan ikkinchi jahon urushi yillari aks etgan badiiy sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida pilla terimiga kirishildi
142025-05-08 18:34

Keksalarga hurmat yoshlarga ibrat
172025-05-08 18:15

MAHALLA KUTUBXONASI TASHKIL ETILDI
162025-05-08 17:53


Qo‘shtepa tumanida xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi
152025-05-08 15:53