512025-05-06 09:11
Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun








Yurtimizda “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan “Sog‘lomlashtirish oyligi” tadbirlari Qo‘shtepa tumanida ham davom etmoqda.
Ushbu oylik doirasida tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda Respublika ilmiy amaliy tibbiyot markazlari va ularning viloyat filiallarida hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida faoliyat olib boruvchi 26 turdagi tor doira mutaxassislaridan iborat shifokorlar guruhi tomonidan 1084 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ushbu fuqarolardan 1027 nafari ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bo‘lsa, qolganlari esa imtiyozga ega bo‘lmagan respublika va viloyat mutaxassislariga muhtoj fuqarolarni tashkil etadi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijasida 186 nafar fuqaroda kasallik aniqlanib, 182 nafariga amabulator sharoitda davolanish tavsiya etilgan bo‘lsa, 4 nafari tuman markaziy shifoxonasiga stasionar davolanish uchun yotqizildi. 1 nafar fuqaroda yuqori texnologik operatsiya o‘tkazilishi belgilandi. Bundan tashqari ijtimoiy reyestrda turuvchi erkin harakatlana olmaydigan 2 nafar bemorlar xonadonlariga mobil brigada tomonidan borilib, kerakli tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, 19 nafar bemorlarga bepul dori-vositalari tarqatildi. Mamografiya tekshiruvidan 22 nafar bemorlar o‘tkazilib, 2 nafari viloyat onkologiya shifoxonasiga yo‘naltirildi. Bemorlarning 37 nafari (UTT) ultratovush tekshiruvidan, 20 nafari rengen tekshiruvlaridan hamda 18 nafari (EKG) elektrokardiografiya tekshiruvlaridan o‘tkazildi.
Shuningdek, aksiya davomida tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilari tomonidan sport o‘yinlari va “sog‘lom ovqatlanish stoli” tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Qo‘shtepalik bir guruh front orti va mehnat faxriylari holidan xabar olindi
372025-05-07 13:28

Tashkilotlarning mansabdor va ma’sul shaxslariga jarima jazosi tayinlandi
362025-05-07 12:28

Yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
332025-05-07 12:25

“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
302025-05-07 12:06

"Uch avlod uchrashuvi" – Gʻalabaning 80 yilligi shoniga
562025-05-06 15:01