842025-04-25 08:36
Ertakchi bolajon





Kitobxonlik haftaligi
Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazining “Quvurboshi” mahallasi hududida joylashgan “Sirli orolcha” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonasida “Ertakchi bolajon” nomli badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi.
Badiiy kechada jajji bolajonlar tomonidan “Zumrad va Qimmat” ertagidan sahna ko‘rinishi va quvnoq raqslar ijro etildi.
Tadbirda tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova bolalarda kitobxonlikka, adabiyotga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, uyda, maktabda, ishxonada va jamiyatda bu borada barcha birdek mas’uliyatni his qilishi zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, axborot kutubxona markazi tomonidan “Kitoblar-ezgulikka chorlaydi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kecha so‘ngida axborot kutubxona markazi tomonidan jajji bolajon kitobxonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
82025-04-26 11:07

572025-04-25 16:48

652025-04-25 12:44

“Do‘rmon” mahallasida yangi korxona ish boshladi
742025-04-25 12:29


Faol kitobxonlar rag‘batlantirildi
692025-04-25 12:07