Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

272025-04-26 11:07

Qo‘shtepa tumanida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

2025 yilgi qishloq xo‘jaligi mavsumiga mustahkam poydevor yaratish maqsadida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ana shunday muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi “A.Niyozov Oqtepa” MMTPga qarashli “Fayzli Odil Mahmud” fermer xo‘jaligida g‘o‘za qator oralariga birinchi ishlov berishga bag‘ishlab, ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Seminarda viloyat hokimi X.Bozorov hamda mas’ul idoralarning rahbarlari, tuman hokimlari va ularning tegishli o‘rinbosarlari, jamoatchilik kengashi a’zolari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, MMTP raislari hamda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari vakillari qatnashdilar. Tadbir avvalida ishtirokchilar tumandagi “Bo‘ston” MFY hududida “Qo‘rg‘oncha mashina agro servis” MCHJ tomonidan “Bir kontur bir mahsulot” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. “Qo‘rg‘oncha mashina agro servis” MCHJ rahbari I.Gʻufurov tomonidan qiymati 735 million so‘mlik loyiha amalga oshirilib, 10 gektar yer maydoniga eksportbop karam navi ekilgan. Tadbirkorning ta’kidlashicha karam ko‘chatlarining hosili 70-75 kunda pishib yetiladi va ayni kunlarda hosilni yig‘ish boshlangan. Qolaversa, ikkinchi hosilga yana eksportbop shirin makkajo‘xori ekish rejalashtirilgan. Ushbu yer maydoni 34 kishiga lot orqali ijaraga berilib, natijada hududdagi 34 nafar aholining bandligi ta’minlangan va har bir lot egasi o‘rtacha 151,7 mln so‘mdan daromad olishi ko‘zda tutilmoqda. Viloyat rahbari ushbu loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi va ijarachilar esdalik sovg‘alari topshirildi. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkil etilgan amaliy seminarda g‘o‘za maydonlarida amalga oshiriladigan kultivatsiya, chopiq ishlari, yagonalash, chuqur yumshatish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurash usullarini joriy etish borasida tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir ishtirokchilari agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va puxta amalga oshirish orqali yurtimizda barqaror va mo‘l hosil olish imkoniyati yaratilishini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, tadbir davomida jonliq so‘yildi. Deqonchiliklarga baraka tilanib, duolar qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz