Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1412025-03-25 09:07

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar o‘rganildi

Qo‘shtepa tumanidagi “Namuna”, “Qorajiyda”, “Kichik beshkapa” hamda “Loyson” MFYlarida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida respublika ishchi guruhi vakillari Qo‘shtepa tumanida bo‘lishdi. Tashrif davomida “Namuna” va “Loyson” MFYlarda aholi tomorqalarini sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat jarayonida hududdagi mavjud ammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan hamda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar tuman hokimi A.Abdullayev va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz