3142025-07-15 18:04
Yong'in xavfsizligi – umumiy xavfsizlik kafolati!




So'x tumanida aholining xavfsizligini ta'minlash, yong'inlarning oldini olish va jamoat ob'ektlarida xavfsiz mehnat muhitini yaratish maqsadida tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan qurilish ob'ektlarida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
Tadbirlar davomida ob'ektda faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilarga yong'in xavfsizligi qoidalari, yong'in kelib chiqishining sabablari va ularning oqibatlari, yong'in vaqtida to'g'ri harakat qilish tartiblari tushuntirildi.
Shuningdek, xodimlarga maxsus vositalar yordamida amaliy ko'rsatmalar berilib, yong'in o'chiruvchi asbob-uskunalardan to'g'ri foydalanish tartibi ko'rsatib o'tildi.
Bunday profilaktik tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad — odamlarning yong'in xavfsizligi borasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish, turli ko'ngilsiz holatlarning oldini olish hamda fuqarolarda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
So'x tumani favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan bunday uchrashuv va tushuntirish ishlari boshqa muhim ijtimoiy ob'ektlarda ham tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

22025-07-17 14:32

42025-07-17 14:20



Do‘rmon mahallasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
662025-07-16 14:59