6032025-07-08 11:24
“Dolzarb 90 kun” doirasida Rishton bolalar oromgohida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan “Rishton” bolalar oromgohida “Dolzarb 90 kun” ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D. Dodoboyeva, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili K. To‘xtasinov hamda bir qator hamkor tashkilotlar va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Ma’rifiy tadbir doirasida oromgohda dam olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Muloqotlarda ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy yetuklik, yot g‘oyalardan ogohlik, diniy bag‘rikenglik va sof e’tiqod asoslari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi, fikr va mulohazalar tinglandi hamda kitoblar tarqatildi.
Bunday tadbirlar yosh avlod ongi va tafakkurida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda, ularni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Do‘rmon mahallasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
572025-07-16 14:59


“Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda
992025-07-16 11:02

🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
2792025-07-15 09:40

Qo‘shtepalik nuroniylar sayohatda
3002025-07-15 08:53