252025-06-30 10:16
27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tumanda hamda Respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar Toshloq tumani hokimligi tomonidan taqdirlandilar.



Tadbirda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev ishtirok etib, barcha jurnalist va axborot sohasi vakillarini kasb bayrami bilan tabrikladi. U o‘z nutqida OAVning jamiyatdagi o‘rni, so‘z erkinligini ta’minlashda, aholi bilan hokimiyat o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatishdagi roli, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklarni yoritishdagi hissasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
— Bugungi kunda OAV vakillari nafaqat axborot tarqatuvchi, balki jamiyatning muammolariga hamfikr bo‘lgan ijtimoiy fikr yetakchilariga aylanmoqda. Mahallalarda faoliyat yuritayotgan axborotchi yoshlar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari ham aholi ovozini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim rol o‘ynamoqda, — dedi tuman hokimi.
Tadbir davomida Toshloq tumanida, mahaliy va Respublikada faoliyat yuritayotgan bir qator ommaviy axborot vositalari xodimlari, teleradiokompaniya, internet nashrlari va blogerlar samarali mehnatlari uchun tuman hokimligi, mahalla faollari va jamoatchilik tomonidan esdalik sovg‘alari, tashakkurnomalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Ayniqsa, mahallalarda axborot tarqatish, mahalliy hayot voqealari va tashabbuslarni yoritishda faollik ko‘rsatayotgan yoshlarga alohida e’tibor qaratildi. Ularga ham rag‘bat sifatida sovg‘alar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
52025-07-02 09:37

Farg‘ona 2-liga futbol musobaqalari davom etmoqda
52025-07-02 09:22

LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
382025-07-01 11:08

Faol yoshlar rag‘batlantirildi
532025-06-30 16:43

Qo‘shtepa tumanida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi
542025-06-30 16:22

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
1182025-06-28 18:50