242025-06-30 10:13
"TOSHLOQDA MAHALLALARGA YANGI NAFAS: 51 RAIS FAOLIYAT BOSHLADI"



Joriy yilning may-iyun oylarida butun Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan mahalla raislari saylovlari doirasida Toshloq tumanidagi mahallalarda ham saylov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Tuman hududida jami 51 ta mahalla faoliyat yuritadi va ushbu saylovlarda har bir mahallaga yangi rahbarlar saylandi.
Saylov natijalariga ko‘ra, tumandagi 51 nafar saylangan mahalla raislarining 48 nafari oliy ma’lumotli, qolgan 3 nafari esa o‘rta-maxsus ma’lumotga ega. Bu, albatta, mahallalarni boshqarishda bilim va saviyaning ahamiyati ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Yangi saylangan raislar orasida 8 nafar ayollar ham mavjud bo‘lib, bu mahallalarda xotin-qizlar faolligining ortganini namoyon etmoqda. Shuningdek, 19 nafar rais birinchi marotaba ushbu mas’uliyatli vazifaga saylandi. Bu esa mahalliy boshqaruv tizimiga yangi fikr va yangicha yondashuvlarga ega rahbarlar qo‘shilayotganidan dalolat beradi.
Bugun tuman hokimligida yangi saylangan mahalla raislariga tantanali ravishda xizmat guvohnomalari va ko‘krak nishonlari topshirildi. Tadbirda Toshloq tumani hokimining o‘rinbosari E. Madaminov, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Toshloq tuman bo‘limi rahbari A. Tojiumarov, shuningdek, tuman Nuroniy jamg‘armasi raisi O‘. Karimovlar ishtirok etib, yangi saylangan raislarni tabriklashdi.
Chiqishlar davomida mahalla institutining jamiyatdagi roli, uning aholi muammolarini hal etishdagi ahamiyati, shuningdek, raislar zimmasida turgan mas’uliyat haqida alohida ta’kidlandi. Yangi rahbarlarga mahallada hamjihatlikni ta’minlash, yoshlar va keksalar bilan ishlash, jinoyatchilikning oldini olish va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Tadbir yakunlarida har bir raisga xizmat guvohnomalari va "Mahalla faoli" ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Yig‘ilganlar bu yangilanish mahallalarda yanada samarali ishlarni amalga oshirishga zamin yaratishini qayd etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
52025-07-02 09:37

Farg‘ona 2-liga futbol musobaqalari davom etmoqda
52025-07-02 09:22

LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
382025-07-01 11:08

Faol yoshlar rag‘batlantirildi
532025-06-30 16:43

Qo‘shtepa tumanida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi
542025-06-30 16:22

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
1182025-06-28 18:50