272025-06-30 10:11
"YOSHLAR BILAN YORQIN KELAJAK SARI — TOSHLOQDA KO‘TARINKI KAYFIYAT!"



Toshloq tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar uchun bayramona muhitda konsert dasturi uyushtirildi. Tadbir tuman hokimligi hamda yoshlar tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi va unda tumanning faol yoshlari, maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev so‘zga chiqib, barcha yoshlarni ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yoshlar - kelajagimiz poydevori ekanini ta’kidlab, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
— Bugungi kunda yoshlarimiz fan, ta’lim, sport, san’at va tadbirkorlik sohalarida katta yutuqlarga erishmoqda. Ular faqat tuman yoki viloyat darajasida emas, balki respublika va jahon miqyosida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Biz har bir yoshning orzu-umidlari ro‘yobga chiqishi uchun doimiy yordam berishga tayyormiz, — dedi tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev.
Tadbir davomida tumandagi ijodiy guruhlar, xonandalar va raqs jamoalari tomonidan rang-barang konsert dasturlari namoyon etildi. Yoshlar o‘z ijodiy chiqishlari, qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari orqali bayramga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlashdi.
Shuningdek, tadbir doirasida faol yoshlarga tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlar va sertifikatlar topshirildi. Bayram tadbiri yuksak ruhda, do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
32025-07-02 09:37

Farg‘ona 2-liga futbol musobaqalari davom etmoqda
32025-07-02 09:22

LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
372025-07-01 11:08

Faol yoshlar rag‘batlantirildi
522025-06-30 16:43

Qo‘shtepa tumanida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi
532025-06-30 16:22

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
1172025-06-28 18:50