2952025-04-18 12:18
Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi










Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Shanьdun provinsiyasi Szinanь shahridagi sanoat zonasida joylashgan "Shandong Oubiao Information Technology Co., Ltd" kompaniyasining faoliyati bilan tanishdi.
Kompaniya 2014 yilda tashkil etilgan, suv xo‘jaligini "aqlli" boshqarish, qishloq xo‘jaligi uchun innovasion texnologiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ilm, tajriba va ishlab chiqarish jarayonini qamrab olgan bo‘lib, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ve‘tnam va Qozog‘iston bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan Qishloq xo‘jaligida suvni to‘g‘ri taqsimlash, boshqarish kabi ko‘plab funksiyalarga ega texnologiyalar to‘liq raqamlashtirilgan, quyosh paneli bilan ishlaydi.
Viloyat rahbari kompaniya rasmiylari bilan mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib bordi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanish va tejashda zamonaviy texnologiyalarni jalb etish muhimligini, bunda kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni viloyat misolida tajribadan o‘tkazish va korxona ochish taklifi bildirildi.
Kompaniya vakillari viloyatimizga borib, imkoniyatlar bilan tanishish hamda hamkorlikda loyihalarni boshlashga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Yosh qutqaruvchi” 2025 ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
382025-04-19 09:51

602025-04-18 14:56

“Bilimdon o‘quvchilar” tanlovining ikkinchi bosqich g‘oliblari taqdirlandi
732025-04-18 13:31

Tadbirkorlar ishtirokida “Sayyor qabul” o‘tkazildi
732025-04-18 12:37

Qo‘shtepalik shashkachilar Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi
822025-04-18 09:33

Fuqarolarning bandligi ta’minlanmoqda
802025-04-18 08:56