Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

882025-04-17 16:22

Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 7-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya kun tartibidagi masalalar: 1. So'x tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv iste'molchilari bo'yicha suv olish limitlarini tasdiqlash to'g'risida. 2. Tumanda kommunal (elektr, gaz va suv ta'minoti) xizmat ko'rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so'zga chiqgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori O'tkirjon Boltaboyev deputatlarga masalaga oid to'liq ma'lumot berdi va sessiya ishtirokchilari tomonidan masalaga oid qaror loyihasi bir ovozdan qabul qilindi. So'x tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Zoyitjon Bo'tayev, tuman gazlashtirish idorasi boshlig'i Umarjon Madumarov, “O'zsuvta'minot” MChJ So'x tumani bo'limi boshlig'i Farhodjon Aztimbekovlar so'zga chiqib, tumanda o'z sohalari bo'yicha aholiga xizmat ko'rsatish yuzasidan ma'lumot berdilar. Deputatlar o'z navbatida o'z savollari bilan so'zga chiqgan rahbarlarga murojaat qilib, javoblar oldilar va sohalarni yanada rivojlantirishga doir o'z taklif va tavsiyalarini berdilar. Shundan so'ng sessiyada O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati prokuraturasining 2025-yil 7-apreldagi №18-1VU/25-sonli va O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati So'x tumani prokuraturasining 2025-yil 8-apreldagi №16/-25-sonli taqdimnomalari deputatlar tomonidan yopiq tarzda ko'rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalarga doir qarorlar qabul qilindi va sessiyaga yakun yasaldi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz