3572025-04-10 00:19
“Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi






Farg‘ona tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning hayoti, faoliyati, shuningdek, davlat boshqaruvidagi o‘gitlari haqida o‘quvchilarga tushunchalar berildi. Shu bilan birga, Temuriylar sulolasi tarixi haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Amir Temur hayotiga oid qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Bellashuv tarzida tashkil etilgan bu savol-javoblar o‘quvchilarda tarixiy bilim va tafakkurni oshirishga xizmat qildi.
Mazkur tadbir orqali o‘quvchilarda tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ulari va ma‘naviy tarbiya singdirilib, Amir Temurning boy merosini chuqur o‘rganish ahamiyatiga alohida urg‘u berildi. Tadbir barchaga katta taassurot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
1312025-07-18 10:32

Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi tomonidan targ‘ibot kuni o‘tkazildi
1102025-07-18 10:26

1802025-07-17 14:32

1552025-07-17 14:20

Qo‘shtepa tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
1752025-07-17 08:27