Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2812025-04-09 07:52

Bugun 9 aprel — Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. Sohibqiron Temur o‘sha davrdagi tarqoqlikni bartaraf etib, o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirdi. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘i, Farg‘ona va Shosh viloyatlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Hind va Gangadan Zarafshongacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan saltanatni barpo etdi. Amir Temur va Temuriylar davrida Yaqin va O‘rta sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga aylandi. Toshkent, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa qadimiy shaharlar obodonlashdi. Masjid, madrasa, maqbara, karvonsaroy va boshqa beqiyos inshootlar barpo etildi va ularning ayrimlari hozirgacha saqlanib qolgan. “Temur tuzuklari” asari esa bebaho hikmatlar bilan bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz