1412025-04-04 13:28
Milliy qadriyatlar – bebaho boyligimiz








Qo‘shtepa tumanidagi 22-DMTTda “Milliy qadriyatlarimiz” mavzusida muassasa tarbiyachilari ishtirokida ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda muassasa jamoasi, shuningdek tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, “Oqila ayollar” harakati rahbari D.Yusupovalar ishtirok etishdi.
Bellashuvda muassasaning “Boychechak” va “Binafsha” jamoalari ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat, milliy urf-odat va an’analarimizga sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligini turli sahna ko‘rinishlari, jozibali raqslar orqali namoyish qildilar. Har ikki jamoaning chiqishi o‘ziga xosligi bilan ajralib turdi. Bellashuv esa hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Ko‘rik tanlovning natijalariga ko‘ra “Binafsha” jamoasi 104 ball bilan faxrli 1-o‘rinni egalladi. Tadbir davomida ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu bellashuv bolajonlarning kuy-qo‘shiqlari va raqslari jo‘rligida haqiqiy milliy liboslar festivaliga aylanib ketdi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Gullar va qushlar bayrami” o‘tkazildi
432025-04-11 16:19

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
372025-04-11 16:00

422025-04-11 15:09

372025-04-11 15:00

Milliy liboslar – qadriyatlarimiz ko‘zgusi
402025-04-11 14:58