Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2142025-03-25 10:07

Ezgulik va saxovat ayyomi arafasida ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat ulashilmoqda

Muborak Ramazon hayiti mohiyatida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimiz mujassam. Mehr-oqibat bayrami arafasida Qo‘shtepa tumanida savobli ishlar ko‘lami yanada keng quloch yoydi. Shu kunlarda tumanimizdagi tashkilot-muassalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari tashabbusi, saxovatpesha insonlar ko‘magida joylarda ko‘plab xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mahallalardagi ehtiyojmand, betob, nogironligi bo‘lgan, keksa-nuroniy va mehrga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga bayram xursandchiligi ulashilmoqda. Ana shunday saxovat tadbirlari “Shahartepa” mahallasida ham davom etmoqda. Mahalladagi 100 nafardan ziyod ehtiyojmand oilalarga saxovatpesha insonlarning ehsonlari ulashildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz