Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJODIY UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2022-05-31 21:53:14    100

PDF yuklash
Chop etish



“Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi ijodiy uchrashuv bugun, Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining hovlisida, ochiq havoda  bo‘lib o‘tdi. 









Tadbirda el suygan san’atkorlar O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov, badiiy so‘z ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, shoir Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov hamda qo‘shtepalik xushovoz xonandalar ishtirok etishdi.



Bugungi tadbir Eshonguzar mahallasining ahli uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mahalla ahli mehmon san’atkorlarni iliq qarshi olishdi. San’atga oshufta eshonguzarliklar tadbir davomida ijro etilgan qo‘shiqlardan, hazil-mutoyibalardan hamda shoirlarning she’rlaridan bahramand bo‘ldilar. 




Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov barcha onaxonlarni viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” oyligi bilan samimiy qutlab, o‘zining ona haqidagi qo‘shig‘ini ijro etib berdi. Tadbirda ishtirok etayotgan onaxonlar o‘zlariga ko‘rsatilgan ehtiromdan juda mamnun bo‘lishdi.






Bir so‘z bilan aytganda, bugun chiroyli so‘zlar va she’rlar, go‘zal qo‘shiqlarning barchasi ular uchun kuylandi. San’atkorlarning chiqishlari esa barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram