Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI ZAMONAVIY ELEKTR HISOBLAGICHLAR O’RNATILMOQDA
2020-12-31 11:00:14 266
Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimiz bo’ylab, bosqichma-bosqich elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari jadal suratda amalga oshirilmoqda.
Shunga ko’ra, tumanimizda ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Qo’shtepa tumanida joriy etilayotgan ASKUE tizimi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanish uchun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari elektr ta'minoti korxonasida bo’ldilar.
Tuman elektr ta'minoti korxonasi bosh muxandisi M.Ashurov sektor rahbarlariga ASKUE tizimi to’g’risida batafsil tushuncha berib, bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi.
Qo’shtepa tumanida 41 100 dan ortiq elektr enerigyasi iste'molchilari mavjud bo’lib, ular 39635 ta aholi, 1465 yuridik iste'molchilarni tashkil etadi.
Shu kunga qadar iste'molchilarga 10 600 dan ortiq yangi zamonaviy elektr hisoblagichlar o’rnatib berildi.
Tumanning "Do’rmon", "Solijonobod", “Yangiariq”, “Qo’rg’oncha", "Fayz" hamda "Langar" mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida yangi zamonaviy elektr hisoblagichlar to’liq o’rnatilib, iste'molchilar masofadan boshqarish tizimiga o’tkazildi.
Hozirgi kunda ushbu ishlar "O’qchi" va "Qoraqushchi" mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida olib borilmoqda.
Eslatib o’tamiz, hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag’lari hisobidan bepul o’rnatilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.