Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI ZAMONAVIY ELEKTR HISOBLAGICHLAR O’RNATILMOQDA

×

 2020-12-31 11:00:14    166

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimiz bo’ylab, bosqichma-bosqich elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari jadal suratda amalga oshirilmoqda.

Shunga ko’ra, tumanimizda ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

Qo’shtepa tumanida joriy etilayotgan ASKUE tizimi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanish uchun tuman hokimi I.Novikov  va sektor rahbarlari elektr ta'minoti korxonasida bo’ldilar.

Tuman elektr ta'minoti korxonasi bosh muxandisi M.Ashurov sektor rahbarlariga ASKUE tizimi to’g’risida batafsil tushuncha berib, bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi.

Qo’shtepa tumanida 41 100 dan ortiq elektr enerigyasi iste'molchilari mavjud bo’lib,  ular 39635 ta aholi, 1465 yuridik iste'molchilarni tashkil etadi.

Shu kunga qadar iste'molchilarga 10 600 dan ortiq yangi zamonaviy elektr hisoblagichlar o’rnatib berildi.

Tumanning "Do’rmon", "Solijonobod", “Yangiariq”, “Qo’rg’oncha", "Fayz"  hamda "Langar" mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida yangi zamonaviy elektr hisoblagichlar to’liq o’rnatilib, iste'molchilar masofadan boshqarish tizimiga o’tkazildi.

Hozirgi kunda ushbu ishlar "O’qchi" va "Qoraqushchi" mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida olib borilmoqda.

Eslatib o’tamiz, hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag’lari hisobidan bepul o’rnatilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.