Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPADA YOSHLAR FORUMI O’TKAZILDI
2020-12-29 14:38:30 222
Qo’shtepa tumanidagi madaniyat markazida tuman hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida «Yoshlar forumi» o’tkazildi.
Ushbu tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, tegishli idora va tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir boshida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Marosimni tuman hokimi I.Novikov kirish so’zi bilan ochdi. U o’z nutqida ushbu forumning ahamiyati, yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar qanchalik o’z ifodasini topib borayotganini ta'kidlab o’tdi.
Yurtimizda bo’lgani kabi, ayni kunlarda Qo’shtepa tumanida aholining kam ta'minlangan, yordamga muhtoj, ehtiyojmand qatlami, bemorlar va nogironligi bo’lgan shaxslarni moddiy-qo’llab quvvatlash maqsadida xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ushbu an'ana forum doirasida ham davom ettirilib, umumta'lim maktablarining 21 nafar o’quvchilariga tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida sovg’a-salomlar topshirildi.
Shuningdek, forum doirasida I.Novikov ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ham bo’lib o’tdi. Uchrashuda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilib, tegishlicha javob oldilar.
Tadbir davomida tuman Madaniyat markazi xodimlari va iste'dodli yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.