Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA YOSHLAR FORUMI O’TKAZILDI

×

 2020-12-29 14:38:30    136

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi madaniyat markazida tuman hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida «Yoshlar forumi» o’tkazildi.

Ushbu tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, tegishli idora va tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir boshida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Marosimni tuman hokimi I.Novikov kirish so’zi bilan ochdi. U o’z nutqida ushbu forumning ahamiyati, yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar qanchalik o’z ifodasini topib borayotganini ta'kidlab o’tdi.

Yurtimizda bo’lgani kabi, ayni kunlarda Qo’shtepa tumanida aholining kam ta'minlangan, yordamga muhtoj, ehtiyojmand qatlami, bemorlar va nogironligi bo’lgan shaxslarni moddiy-qo’llab quvvatlash maqsadida xayriya tadbirlari  amalga oshirilmoqda. Ushbu an'ana forum doirasida ham davom ettirilib, umumta'lim maktablarining 21 nafar o’quvchilariga tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida sovg’a-salomlar topshirildi.

Shuningdek, forum doirasida I.Novikov ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ham bo’lib o’tdi. Uchrashuda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilib, tegishlicha javob oldilar.

Tadbir davomida tuman Madaniyat markazi xodimlari va iste'dodli yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.