Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo'lib o'tdi

×

 2019-06-24 15:52:33    158

PDF yuklash
Chop etish


2019 yil 24 iyun kuni "Yoshlar oyligi" munosabati bilan Qo‘shtepa tumani 4-sektor DSI xududidagi Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘inida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Yarmarkada 4-sektor rahbari Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimi o‘rinbosarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman kengashi, “Yoshlar kelajagimiz”  jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali hamda tumandagi korxona va tashkilotlar qatnashdilar.

Tadbir qatnashchilariga mehnat qonunchiligi, yangi tashkil etilgan va etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, vakant ish o‘rinlari to‘g‘risida hamda tijorat bank rahbar mutaxassislari tomonidan, “Yoshlar kelajagimiz”  jamg‘armasi tuman filiali rahbari va mutaxassislari tomonidan imtiyozli kreditlar miqdorlari, kredit xujjatlari, kredit berish tartiblari va boshqa masalalarda tushuntirishlar berildi.


Tadbirda ishtirok etganlar bugungi kunda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qaratilayotgan e’tiborni yaqqol namunalariga guvoh bo‘lishdi. Mehnat yarmarkasida tumandagi uyushmagan yoshlar, aholini barcha qatlam vakillari, ish beruvchi korxonalar va bir qancha mutasaddi tashkilotlar ishtiroklari ta’minlandi.

B.Ro'zioxunov olgan fotosuratlar