Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikovning bayram tabrigi

 2023-07-05 09:55:15    285

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli qalam sohiblari! Sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, inson qadri, yurt manfaati, vatan taraqqiyotini yuksaklarga ko‘tarish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o‘zining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan ko‘tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi ma’naviy jasorat egalarigina qodir bo‘ladi”, – deya bildirgan fikrlari Siz qalam ahliga bo‘lgan yuksak e’tiborning ifodasidir.

El-yurt manfaati va Vatanimiz salohiyatini bundan-da yuksaklarga ko‘tarish yo‘lidagi mas’uliyatli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz. Siz sharafli kasb egalariga doimo g‘ayrat, kuch va shijoat hamroh bo‘lsin!