Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA NAVRO‘Z SAYLI

×

 2023-03-21 19:54:33    118

PDF yuklash
Chop etish



Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumani markazida, mahalla guzarlarida bayram tadbiri hamda milliy taomlar tayyorlash va aholiga tarqatish tadbirlarini tashkil etildi.

“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirlarida tuman hokimi I.Novikov va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Birgina Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Madaniyat markazi sahnida, ochiq havoda o‘tkazilgan tadbirda 300 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi. Shuningdek, 11 ta mahalla guzarlarida tashkil etilgan bayram tadbirlarida esa 3000 nafarga yaqin fuqarolar uchun bayram dasturxonlari yozilib, bahoriy milliy taomlar tayorlandi.

O’tkazilgan tadbirlar davomida 380 kilogram osh damlanib bayram dasturxoniga tortildi hamda 250 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand va yakka yolg‘iz yashovchi oilalarga tarqatildi.      

Ushbu tadbirlarda Qo‘shtepa tumanidagi mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlar ham ishtrok etdilar. Bayram so‘ngida nuroniylar yurt tichligi va farovonligi uchun duoga qo‘l ochdilar.

Navro‘z sayrlarida xushovoz xonandalar tomonidan tayyorlangan bayram kontserti, xalq o‘yinlari, musobaqalar va ko‘rgazmali chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram