Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA NAVRO‘Z SHODIYONALARI (FOTO)

×

 2023-03-17 13:26:13    244

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumanida Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruh, xush kayfiyat bilan nishonlandi. Tuman Madaniyat markazining ochiq sahnida, tashkil etilgan bayram tadbirlari erta tongdan tuman ahlini o‘z bag‘rida jamladi. Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z ayyomi tantanasida tumandagi korxona va tashkilotlar, muassasa va mahallalar, hunarmandlar tomonidan o‘ziga xos dekoratsiyalar va sahnalar tayyorlanib, bayramona, bahoriy tarzda bezatildi.

Navro‘z ommaviy saylida tuman hokimi Ilyosbek Novikov va tumandagi sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jon O’zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda sektor rahbarlari tashkil etilgan ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirishdi.

Xalq o‘yinlari, sport bellashuvlari, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, bir-biridan mazali milliy taomlar barchada katta taassurot qoldirdi. 

Bayramning tantanali qismi Madaniyat markazi sahnida o‘tkazildi. Tantanali marosimda so‘zga chiqqan tuman hokimi Ilyosbek Novikov bayram ishtirokchilarini yangilanish, yasharish ayyomi - Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

Yurtimizning taniqli san’atkorlari ijrosidagi dilrabo taronalar, ko‘ngilochar dasturlar, tuman madaniyat bo‘limi va badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari, go‘zal raqslar hamda askiyachilar hangomalari tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Bayram tadbirlari tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.






























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram